O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 10 mln so‘mdan oshdi

eʼlon qilindi
26-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:41 holatiga
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 10 mln so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 10 mln so‘mdan oshdi / Foto: depositphotos

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 10 mln so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank 26-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:41 holatiga oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlarini e’lon qildi.

Xususan, 5 grammli oltin quymaning narxi 9,793 mln so‘mdan 10,036 mln so‘mga oshdi. Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 9,322 mln so‘mdan 9,554 mln so‘mga, talablarga mos kelmaydigan holatda 9,228 mln so‘mdan 9,457 mln so‘mga ko‘tarildi.

Quyida oltin quymalarining grammlariga nisbatan sotish va sotib olish narxlari keltirilgan:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish (qadog‘i but)Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos emas)
5 gramm10 036 000 so‘m9 554 000 so‘m9 457 000 so‘m
10 gramm20 073 000 so‘m19 108 000 so‘m18 915 000 so‘m
20 gramm40 146 000 so‘m38 216 000 so‘m37 830 000 so‘m
50 gramm100 364 000 so‘m95 539 000 so‘m94 574 000 so‘m
100 gramm200 728 000 so‘m191 078 000 so‘m189 148 000 so‘m

Shu bilan birga, Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Jahon bozorida ham oltin narxi tarixiy rekordni yana bir bor yangiladi. 26-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:30 holatiga oltin narxi bir unsiya uchun $5 072 ni tashkil etdi.

CNBC nashriga ko‘ra, geosiyosiy keskinliklar va global moliyaviy xatarlar fonida investorlar xavfsiz aktiv sifatida oltinga faol murojaat qilmoqda. Mutaxassislar oltin narxining keskin oshishini Yaqin Sharq, Grenlandiya va Venesuela atrofidagi vaziyat bilan bog‘lamoqda.

Shuningdek