HyperOS 3.1 beta-versiyasida AirPods qo‘llab-quvvatlanadi

eʼlon qilindi
To‘liq reliz fevral oyida taqdim etiladi
HyperOS 3.1 beta-versiyasida AirPods qo‘llab-quvvatlanadi / Foto: Xiaomi Time

HyperOS 3.1 beta-versiyasida Apple AirPods naushniklari uchun tizimning o‘zida ishlaydigan qo‘llab-quvvatlash va bir qator asosiy funksiyalar aniqlandi. Bu haqda Xiaomi Time nashri ma’lum qildi.

Yangilanishdan so‘ng AirPods ulanishi bilan foydalanuvchilar naushniklar va qutining quvvat darajasini ko‘rsatadigan pop-up oynani ko‘rishadi. Shu bilan birga, ma’lumotlar holat satrida va Dynamic Island interfeysida ham aks etadi. Naushniklar Spatial Audio funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va Xiaomi’ning Find Device tizimi orqali izlanishi mumkin bo‘ladi.

HyperOS 3.1’ning aniq chiqarilish sanasi hozircha e’lon qilinmagan. Xitoyda beta-versiya 22-yanvarda taqdim qilindi. To‘liq reliz esa fevral oyida kutilyapti. Yangilanishni barcha HyperOS 3.0’ni qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonlar o‘rnatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq HyperOS 3.0 yangilanishini qaysi Xiaomi va POCO smartfonlari olmasligi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek