Yaponiyada B va B-C toifasidagi haydovchilar uchun 2000 dollarlik ish taklif qilinmoqda

eʼlon qilindi
Tanlov onlayn suhbat orqali 28–30-yanvar kunlari o‘tkaziladi
Foto: depositphotos.com

Migratsiya agentligi va Yaponiyaning Proud Partners kompaniyasi Yaponiya bo‘ylab haydovchilik sohasida ishga taklif qilmoqda. Ish o‘rinlari 100 ta yetkazib beruvchi haydovchi uchun ajratilgan. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Asosiy talab — B yoki B-” toifasidagi haydovchilik guvohnomasi mavjudligi, 21–35 yosh oralig‘idagi xavfsizlikka e’tiborli, intizomli haydovchilar bo‘lishi. Yapon yoki ingliz tilini bilish afzallik sifatida qaraladi.

Nomzodlar joriy yil 16-fevraldan Toshkent viloyati, Angren shahrida boshlanadigan 6–8 oylik bepul o‘quv kurslarida ishtirok etishga tayyor bo‘lishi lozim. O‘quv jarayoni davomida yotoqxona bilan ta’minlanadi.

Ish shartlari qulay bo‘lib, oylik maosh $2000 dan boshlanadi, belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlash imkoniyati mavjud va ish unumdorligiga qarab yiliga ikki marta bonus beriladi. Ish jadvali haftada 5 kun, 8 soatdan bo‘lib, turar joy ish beruvchi tomonidan taqdim etiladi, xodim o‘z hisobidan oyiga $200 to‘lasa, qolgan xarajat kompaniya tomonidan qoplanadi. Aviabilet, ishchi viza, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta ham kafolatlanadi.

Tanlov onlayn suhbat orqali 28–30-yanvar kunlari o‘tkaziladi, nomzodlar esa Migratsiya agentligining Xorijda ish platformasida ro‘yxatdan o‘tadi. Murojaat uchun 1282, 71 202-33-55 raqamlariga bog‘lanish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Migratsiya agentligi 2025-yilda xorijda ishlagan fuqarolar foydasiga $1,9 mln undirgani haqida yozgandi.

Shuningdek