Andijon viloyatida mansabdor shaxs pora bilan qo‘lga tushdi

eʼlon qilindi
$1800 miqdordagi pora bilan
Andijon viloyatida mansabdor shaxs pora bilan qo‘lga tushdi / Foto: DXX

Andijon viloyatining Baliqchi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori xizmat mavqeyidan foydalanib, pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mansabdor shaxs fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali uning qarindoshini ishga joylashtirib berish evaziga $1800 talab qilgani aniqlangan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u tumandagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda hokim yordamchisi pora ustida qo‘lga tushgan edi.

Shuningdek