O‘zbekistonda Nipah virusi aniqlanmadi — Sanepidqo‘mita

eʼlon qilindi
Hozircha Nipah virusiga qarshi maxsus dori yoki vaksina mavjud emas
Foto: Fusion medical animation/Unsplash

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi O‘zbekistonda Nipah virusi bilan bog‘liq holatlar aniqlanmaganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mamlakatda epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lib, mazkur virusning kirib kelish ehtimoli juda past darajada baholanmoqda. Nipah virusi asosan hayvonlardan, xususan, ko‘rshapalaklardan insonga yuqadigan zoonoz kasallik hisoblanadi. Ayrim hollarda zararlangan oziq-ovqat yoki kamdan-kam vaziyatlarda odamdan odamga yuqishi ham mumkin. Kasallik og‘ir kechib, bosh miya yallig‘lanishi va nafas yo‘llarining zararlanishi bilan kechadi.

Sanepidqo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda virus asosan Hindistonda va Janubi-Sharqiy Osiyoning ayrim hududlarida qayd etilmoqda. O‘zbekistonda esa hozircha bunday holatlar aniqlanmagan va vaziyat doimiy nazorat ostida saqlanmoqda.

Rasmiylar chet elga, xususan, Hindistonga safar qilayotgan fuqarolarni ehtiyot choralariga amal qilishga chaqirdi. Mamlakat hududiga yuqumli kasalliklarning kirib kelishining oldini olish maqsadida 54 ta chegara punktida sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytirilgan. Mutaxassislar hozircha Nipah virusiga qarshi maxsus dori yoki vaksina mavjud emasligini, shu bois profilaktika eng muhim choralaridan biri ekanini ta’kidlamoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sanepidqo‘mita poytaxtdagi soxta «SES» xodimlaridan ogohlantirgani haqida yozgandi.

Shuningdek