Germaniyada «JCh – 2026» xavfsizligi va boykot masalasi muhokama qilinmoqda

eʼlon qilindi
Siyosiy vaziyat va xavfsizlik xavotirlari sababli musobaqaga borish masalasi munozara uyg‘otdi
Foto: Sputnik Belarus

Germaniyada futbol bo‘yicha Jahon chempionati atrofida bahslar kuchaymoqda. Xavfsizlik va siyosiy vaziyat tufayli musobaqaga borish masalasi shubha ostiga olindi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Musobaqa 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi va o‘yinlarning asosiy qismi AQShning 11 shahrida, qolgani Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi. Germaniya futbol ittifoqi prezidenti Bernd Noyendorf boykot haqidagi gaplarni hozirgi paytda butunlay o‘rinsiz deb atadi. Biroq u ushbu masala rahbariyat yig‘ilishida muhokama qilinishini tasdiqladi.

Germaniya hukumati o‘z fuqarolarini AQShga safar qilishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi. Xavotirlar AQSh prezidenti Donald Trampning keskin siyosati va immigratsiya xizmati harakatlari fonida kuchaygan. Sobiq FIFA prezidenti Yozef Blatter esa muxlislarga AQShdan uzoqroq yuring, deya aniq maslahat berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShdagi siyosiy vaziyat sabab qariyb 17 ming muxlis «JCh – 2026» chiptasidan voz kechgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek