Oppo Find X9s smartfoni kuchli kamera bilan taqdim etiladi

27-yanvar 2026 10:29 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Oppo Find X9s smartfoni kuchli kamera bilan taqdim etiladi / Foto: Oppo

Oppo kompaniyasi yangi Find X9s smartfonini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu model kompakt o‘lchami va ilg‘or kamerasi bilan ajralib turadi, deya xabar berdi Noutebookcheck.

Unga ko‘ra, qurilma asosiy va periskop modullarida ikki dona 200 megapikselli sensor bilan jihozlanadi. Kompakt smartfonlar tarixida bu birinchi marta sodir bo‘ladi. Find X9s 50 megapikselli keng burchakli sensorli kameraga ham ega bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, hattoki kattaroq Find X9 Pro ham ikki 200 megapikselli sensor bilan jihozlanmagan.

Yangi model 6,3 dyuymli ingichka ramkali ekran, MediaTek Dimensity 9500 protsessori, kamida 7000 mA·soat quvvatga ega batareya va simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlash bilan ta’minlanadi. Shuningdek, qurilmada ultratovushli barmoq izi skaneri, asosiy kamerada multispektral sensor va IP69 darajasida himoya mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oppo Find X9 Ultra qanday ko‘rinishda bo‘lishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek