Qirg‘iziston Rossiyaga qarshi YEOII sudiga da’vo kiritdi

eʼlon qilindi
Masala Jogorku Keneshning mehnat, sog‘liqni saqlash, xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha qo‘mitasida muhokama qilingan
Qirg‘iziston Rossiyaga qarshi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi sudiga rasmiy da’vo arizasi topshirdi.
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Qirg‘iziston Rossiyaga qarshi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi sudiga rasmiy da’vo arizasi topshirdi. Bu haqda 27-yanvar kuni Qirg‘iziston parlamenti qo‘mita yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Masala Jogorku Keneshning mehnat, sog‘liqni saqlash, xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha qo‘mitasida muhokama qilingan. Yig‘ilishda deputat Gulnara Baatyrova Qirg‘izistondan Rossiyada ishlayotgan mehnat migrantlari masalasini ko‘tardi. Uning aytishicha, migrantlar va ularning oila a’zolariga tibbiy sug‘urta polislari berilishi amalda ta’minlanmayapti.

Qirg‘iziston Majburiy tibbiy sug‘urta fondi rahbari Azamat Mukanov Rossiya tomoni YEOII doirasidagi majburiyatlarni bajarmayotganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvlarga asosan Rossiyada ishlayotgan fuqarolarning oila a’zolari ham majburiy tibbiy sug‘urta polisiga ega bo‘lishi kerak.

Bu kelishuv YOIIga a’zo besh davlat tomonidan imzolangan. Biroq Rossiyada ushbu talablar to‘liq ijro etilmayapti. Shu sabab Qirg‘iziston tomoni sudga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Azamat Mukanov ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan haftada YEOII sudi majlisi bo‘lib o‘tgan. Qaror ikki hafta ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Yevropa Ittifoqi Rossiya gazini taqiqlashning yakuniy muddatini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek