O‘zbekistonga FIFA Jahon chempionati kubogi olib kelindi, bir qator mansabdorlar ishdan olindi — 27-yanvarda e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
27-yanvarda e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida
Воздух в Ташкенте 29 декабря
27-yanvarda e’lon qilingan yangiliklar / Foto: Tashkent Land

O‘zbekistonga FIFA Jahon chempionati kubogi olib kelindi, bir qator mansabdorlar ishdan olindi — 27-yanvarda e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

O‘zbekistonda Nipah virusi aniqlanmadi — Sanepidqo‘mita

Foto: Fusion Medical Animation / Unsplash

Qayd etilishicha, mamlakatda epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lib, mazkur virusning kirib kelish ehtimoli juda past darajada baholanmoqda. Nipah virusi asosan hayvonlardan, xususan, ko‘rshapalaklardan insonga yuqadigan zoonoz kasallik hisoblanadi. Ayrim hollarda zararlangan oziq-ovqat yoki kamdan-kam vaziyatlarda odamdan odamga yuqishi ham mumkin. Kasallik og‘ir kechib, bosh miya yallig‘lanishi va nafas yo‘llarining zararlanishi bilan kechadi.

GM Chevrolet elektromobillari uchun quvvatlash jarayonini soddalashtirdi

Elektromobilni zaryadlash
Rasm ChatGPT yordamida sayqallangan / Manba: Ustabor

General Motors Chevrolet, Cadillac va GMC elektromobillari egalari uchun quvvatlash jarayonini yanada qulaylashtirdi. Endilikda kompaniyaning myChevrolet, myGMC va myCadillac mobil ilovalari orqali Electrify America’ga tegishli 5 mingdan ortiq tezkor quvvatlash stansiyalarini topish, ulardan foydalanish va to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i va prokuroriga hayfsan berildi

Foto: Toshkent shahri IIBB

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jayev va shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar O‘rmonovga hayfsan e’lon qilindi. Ularga jinoyatchilikni fosh etish va oldini olishdagi sustkashliklari uchun olti oylik sinov muddati belgilandi.

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev lavozimidan ozod etildi

Foto: Debat Xoll / Telegram

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti raisligida o‘tgan yig‘ilishda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Davlat rahbari uning yetti yillik faoliyatini loqaydlik va mas’uliyatsizlik deb baholadi.

O‘zbekistonga FIFA Jahon chempionati kubogi olib kelindi

Foto: UZBEKISTAN AIRPORTS

27-yanvar kuni Titan Airways aviakompaniyasining maxsus charter reysi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Havo kemasida futbol bo‘yicha Jahon chempionatining asil oltindan yasalgan kubogi hamda italiyalik futbol afsonasi Marko Materatssi yetib keldi.

«Najimov» chegara posti fuqarolar uchun qachon ochilishi noma’lum — Bojxona qo‘mitasi

«S.Najimov» (Mayskiy) chegara posti fuqarolar uchun qachon ochilishi hozircha noma’lum. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, chegara postida hozircha faqat yuk avtotransport vositalariga ruxsat berilgan. Yengil avtomobillar va fuqarolar uchun harakat hali ochilmagan.

Dollar oshdi: 28-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Dollar oshdi: 28-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

28-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 29,90 so‘mga tushib, 12 128,02 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 65,79 so‘mga tushib, 14 419 so‘mni, rubl 0,12 so‘mga tushib, 158,52 so‘mni tashkil qildi.

Dollar o‘z qadrini yo‘qotmoqda: dunyo valyuta xaritasi so‘nggi bir yil ichida qanday o‘zgardi

Сколько стоят доллар и рубль в банках Узбекистана 22 января
Foto: Blogging Guide / Unsplash

2025-yil global valyuta bozori uchun burilish nuqtasi bo‘ldi: uzoq vaqt hukmronlik qilganidan so‘ng, AQSh dollari sezilarli darajada qiymatini yo‘qotdi va boshqa mintaqaviy valyutalar yetakchilik qildi. AQSh iqtisodiyotining sekinlashishi fonida dollarning zaiflashishi yevro, Meksika pesosi va Janubiy Afrika rendining mustahkamlanishi uchun imkoniyatlar eshigini ochdi.

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 10,2 mln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 10,2 mln so‘mga yetdi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 10,2 mln so‘mga yaqinlashdi. Markaziy bank 27-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:32 holatiga oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlarini e’lon qildi.

Quyida oltin quymalarining grammlariga nisbatan sotish va sotib olish narxlari keltirilgan:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish (qadog‘i but)Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos emas)
5 gramm10 187 000 so‘m9 791 000 so‘m9 692 000 so‘m
10 gramm20 373 000 so‘m19 582 000 so‘m19 384 000 so‘m
20 gramm40 746 000 so‘m39 164 000 so‘m38 768 000 so‘m
50 gramm101 866 000 so‘m97 910 000 so‘m96 921 000 so‘m
100 gramm203 732 000 so‘m195 820 000 so‘m193 842 000 so‘m

Toshkentdagi yashirin va kuzatilmaydigan iqtisodiyot 60 trln so‘mga yetdi

Nafaqa olish uchun zarur bo‘lgan eng kam sug‘urta staji muddati belgilandi
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda Toshkent shahrida yashirin va kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi qariyb 60 trln so‘mga yetgani ma’lum qilindi. Davlat rahbarining qayd etishicha, bu holat Davlat budjetiga yiliga 7,5 trln so‘m zarar yetkazmoqda.

Davaktiv direktori Akmalxon Ortiqov ishdan olindi

Davaktiv direktori Akmalxon Ortiqov ishdan olindi
Foto: Xalqaro press-klub

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ayrim mansabdor shaxslari bozor qiymati kamida 250 mlrd so‘m bo‘lgan yer uchastkasini yopiq auksion orqali 120 mlrd so‘mga sotib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Shu sababli agentlik direktori Akmalxon Ortiqov lavozimidan ozod etildi.

Narkotiklarni nazorat qilish agentligi rahbari Ravshan Mamatov ogohlantirildi

Narkotiklarni nazorat qilish agentligi rahbari Ravshan Mamatov ogohlantirildi
Ekran tasviri videodan olingan

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligining mas’uliyati keskin kuchaytiriladi. Unga narkojinoyatchilikka qarshi kurashda barcha mutasaddi idoralar ishini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va baho berish vakolatlari beriladi. Agentlik zarur kuch va vositalar bilan to‘liq ta’minlanadi. Shu munosabat bilan agentlik rahbari Ravshan Mamatov faoliyatida ijobiy o‘zgarish bo‘lmasa, uning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildi.

«O‘zbekneftgaz» sobiq raisi qamoqqa olindi

Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ

Davlat xavfsizlik xizmati raisiga «O‘zbekneftgaz» AJ bo‘yicha mas’ul xodimlarning javobgarligini ko‘rib chiqish topshirildi. Ehtiyot chorasi sifatida tashkilot boshqaruvi sobiq raisi Bahodir Siddiqov qamoqqa olingan. U davlat mablag‘larini talon-toroj qilish va boshqa korrupsiyaviy jinoyatlarda gumon qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 26-yanvarning asosiy yangiliklarini e’lon qilgandi.

Shuningdek