Abonent roziligisiz pullik xizmatlarga ulash taqiqlanadi

eʼlon qilindi
Mobil aloqa raqamlarini ko‘chirish jarayoni 20 daqiqa ichida amalgа oshiriladi
Abonent roziligisiz pullik xizmatlarga ulash taqiqlanadi
Foto: depositphotos

Endilikda mobil aloqa operatorlari abonent roziligisiz dastlab bepul bo‘lgan xizmatlarni pullik qilishga haqli emas. Bu haqda Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yangi qoidalarda keltirildi.

Shuningdek, tarif rejasi va xizmatlar uchun mablag‘ yechish jarayonida abonent hisobini salbiy holatga, ya’ni qarzdorlikka tushirib yuborish qat’iyan taqiqlanadi.

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar Prezidenti virtual qabulxonasining ishonch telefonlariga sutka davomida bepul qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, mobil aloqa raqamlarini ko‘chirish jarayoni ham sezilarli darajada tezlashtiriladi – avval 8 ish soati talab etilgan xizmat endilikda atigi 20 daqiqa ichida amalgа oshiriladi.

Pullik qo‘shimcha xizmatlar masalasida ham qat’iy talablar belgilanmoqda. Xizmatlar faqat abonentning aniq roziligi bilan operatorlarning mobil ilovalari yoki USSD-kodlar orqali faollashtiriladi. Kontent provayderlar tomonidan taqdim etiladigan barcha pullik xizmatlar dastlab o‘chiq holatda bo‘lishi shart.

Mazkur hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastlagani haqida yozgandi.

Shuningdek