Haj va umra safariga majburiy onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy etildi
eʼlon qilindi
2026-yil 1-fevral va 1-may sanalaridan boshlab

Haj va Umraga borish tartibi raqamlashtirilib, endi yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi. Bu Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlandi.
Mazkur hujjat asosida «Haj va Umra yagona portali» ishga tushirildi. Endilikda muqaddas ziyoratga borishni istagan barcha fuqarolar ushbu portal orqali ro‘yxatdan o‘tishi shart bo‘ladi.
Qarorga ko‘ra, yangi tartib 2026-yil 1-fevraldan boshlab haj, 1-maydan esa umra safarlari uchun amal qiladi. Ziyoratchilar haqidagi ma’lumotlar portalga kiritilmasdan turib, safarlarni tashkil etishga ruxsat berilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning oktabr oyida O‘zbekistonda «Haj va Umra yagona portali» ishga tushgan edi.