Bigme 700 dollarlik Android planshet B10’ni taqdim etdi

28-yanvar 2026 09:30 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Bigme 700 dollarlik Android planshet B10’ni taqdim etdi / Foto: Bigme

Bigme kompaniyasi rangli E Ink ekranga ega yangi Android planshet B10’ni taqdim etdi. Bu haqda Bigme rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Qurilma 10,3 dyuymli E Ink Kaleido 3 displey bilan jihozlangan bo‘lib, 300 ppi zichlikda 4096 rangni aks ettira oladi va orqa yoritishga ega. Narxi $700 qilib belgilangan.

Foto: Bigme

Planshet Dimensity 1080 platformasi bilan ishlaydi. Unga 8 GB operativ va 256 GB ichki xotira, shuningdek, microSD karta uyasi kiritilgan. Qurilmada 4G modem ham mavjud. Planshetning o‘lchamlari 225 x 197 x 6,1 mm, vazni esa 483 grammni tashkil qiladi.

Foto: Bigme

B10 planshetida 6900 mAh sig‘imli batareya o‘rnatilgan bo‘lib, u bir kunlik ishlashni ta’minlashi mumkin. Qurilmada, shuningdek, 20 MP kamera, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.3, stylus qo‘llab-quvvatlashi, barmoq izi skaneri va sakkizta mikrofon mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme arzon narxdagi Pad 3 5G planshetini taqdim etgan edi.

Shuningdek