2025-yil dekabrida bank depozitlari va kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari oshdi

eʼlon qilindi
Milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha real foiz stavkalari pasaydi

2025-yil dekabr oyi yakunlariga ko‘ra, milliy valyutadagi bank depozitlari va kreditlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan real foiz stavkalari nisbatan yuqori darajada saqlanib qoldi. Bu haqda Markaziy bank tahlillari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha real foiz stavkalari noyabr oyiga nisbatan jismoniy shaxslarda 0,3 foiz bandga, yuridik shaxslarda esa 0,5 foiz bandga pasayib, mos ravishda 8,2% va 4,8% darajasida shakllandi.

Shu bilan birga, milliy valyutadagi jami kreditlar bo‘yicha real foiz stavkalari o‘sish qayd etdi. Xususan, jismoniy shaxslar uchun stavkalar 0,5 foiz bandga, yuridik shaxslar uchun esa 0,6 foiz bandga oshib, mos ravishda 10,1% va 9,4% ni tashkil qildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning tijorat kreditlari bo‘yicha real foiz stavkalari esa har ikki segmentda 10,7% darajasida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich noyabr oyiga nisbatan jismoniy shaxslarda 0,5 foiz bandga o‘sish, yuridik shaxslarda esa 0,8 foiz bandga pasayish bilan ifodalandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda banklardagi NPL miqdori 12 foizga kamaygani haqida yozgandi.

Shuningdek