Ispaniyada poyezd to‘qnashuvi qurbonlariga 20 million yevro kompensatsiya to‘lanadi

eʼlon qilindi
Jarohatlanganlarga ham
Ispaniya poyezd to‘qnashuvi qurbonlariga 20 million yevro kompensatsiya to‘laydi / Foto: Reuters

Ispaniyada yuz bergan yuqori tezlikdagi poyezdlar to‘qnashuvida halok bo‘lgan 45 nafar va jabrlangan 150 nafardan ortiq odamlarga 20 mln yevro ($24 mln) kompensatsiya to‘lanadi. Bu haqda mamlakat transport vaziri Oskar Puente ma’lum qildi, deya yozmoqda Reuters.

Halok bo‘lganlarning har bir oila a’zosiga uch oy ichida 216 ming yevro to‘lanadi. Bu summa 72 ming yevro davlat yordamidan, 72 ming yevro sug‘urta oldi to‘lovidan va 72 ming yevro yo‘lovchi sug‘urtasidan iborat.

Jabrlanganlarga to‘lanadigan kompensatsiya miqdori 2,4 ming yevrodan 84 ming yevrogacha bo‘ladi.

Halokat ortidan Puente ommaviy tanqidlarga uchradi. Asosiy muxolif partiya uning iste’foga chiqishini talab qilmoqda. Vazir esa o‘z vazifasini imkon qadar yaxshi bajarayotganini va fuqarolarga mavjud ma’lumotni yetkazishga harakat qilayotganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyada poyezd ustiga devor qulab tushgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek