1,2 mingdan ortiq fuqarolarga soxta haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib berilgani aniqlandi

eʼlon qilindi
Prokuraturada haydovchilik guvohnomalarini soxtalashtirish bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda
Foto: Darakchi

8 ta hududda 1,2 ming nafardan ortiq fuqarolarga soxta haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib berilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Prokuraturada haydovchilik guvohnomalarini soxtalashtirish bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Soxta guvohnoma olgan 455 nafar shaxs 1,3 ming marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Shuningdek, 9 nafar haydovchi ishtirokida yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan. Ushbu hodisalar oqibatida 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan. 3 nafar shaxs halok bo‘lgan.

Jinoyat ishining hajmi katta va murakkab bo‘lgani sabab Bosh prokuraturada maxsus tergov-tezkor guruhi tuzilgan. Hozirda soxta guvohnomalar va ularni rasmiylashtirishga asos bo‘lgan hujjatlar to‘liq tekshirilmoqda. Tergov belgilangan tartibda davom etmoqda.

Soxta guvohnomalar Toshkent shahri, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan o‘tgan yilda 165 mingdan ortiq haydovchilarga jarima ballari berilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek