29-yanvar kuni qaysi hududlarda qor yog‘adi
eʼlon qilindi
29-yanvar soat 20:00 gacha amal qiladi

29-yanvar kuni O‘zbekistonda sovuq ob-havo kuzatiladi. Kechasi va ertalab ayrim hududlarda qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi, deya prognoz qilmoqda «O‘zgidromet».
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 1° sovuq – 1° iliq | 3–5° sovuq | Kechasi va ertalab biroz qor, tuman tushishi mumkin |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 0–5° sovuq | 8–13° sovuq (Ustyurtda 17–22° sovuq) | Yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin |
| Xorazm viloyati | 0–5° sovuq | 8–13° sovuq (Ustyurtda 17–22° sovuq) | Yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin, yo‘llarda yaxmalak |
| Buxoro viloyati | 2° sovuq – 3° iliq | 0–5° sovuq (cho‘l hududlarda 8–13° sovuq) | Yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin, yo‘llarda yaxmalak |
| Navoiy viloyati | 2° sovuq – 3° iliq | 0–5° sovuq (cho‘l hududlarda 8–13° sovuq) | Yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin, yo‘llarda yaxmalak |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 2° sovuq – 3° iliq | 0–5° sovuq | Kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor, tuman tushishi mumkin, yo‘llarda yaxmalak |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 3–8° iliq | 2° sovuq – 3° iliq | Yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin, yo‘llarda yaxmalak |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 2° sovuq – 3° iliq | 0–5° sovuq | Kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor, tuman tushishi mumkin, yo‘llarda yaxmalak |
| Respublikadagi tog‘li hududlar | 2–7° sovuq | 8–13° sovuq | Vaqti-vaqti bilan qor, tuman tushishi mumkin, yo‘llarda yaxmalak, qor ko‘chishi xavfi |