Toshkentdan Venaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

eʼlon qilindi
Avtomobil ko‘priklarini qurish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda
Toshkentdan Venaga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin / Foto: Pexels.com

O‘zbekiston Transport vazirligi Avstriya tomoni bilan Toshkent va Vena o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviatsiya qatnovini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar transport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Jumladan, avtomobil ko‘priklarini qurish va temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari, shuningdek, Toshkent va Vena o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari alohida ko‘rib chiqildi.

Muzokara ishtirokchilari o‘zaro hamkorlik salohiyatining yuqori ekanini ta’kidlab, transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qiziqish bildirdilar. Uchrashuv yakunida muloqotni davom ettirish va belgilangan yo‘nalishlarda aniq tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Atirau shaharlari o‘rtasida aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek