37 dollarlik Blade 3 powerbanki taqdim etildi

30-yanvar 2026 08:50 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Gizmochina

Black Shark kompaniyasi Blade 3 nomli yangi portativ akkumulyatorini namoyish qildi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi. Qurilma magnitli mahkamlash, yupqa korpus va arzon narx bilan ajralib turadi.

Foto: Gizmochina

Blade 3’ning asosiy versiyasi 10 000 mA·soat sig‘imga ega bo‘lib, uning qalinligi atigi 13,8 mm, vazni esa 195 grammni tashkil etadi. Shuningdek, kompaniya sig‘imi ikki baravar kichik bo‘lgan yana bir variantni ham taqdim qildi – u 115 gramm vaznga ega va 8 mm qalinlikda.

Foto: Gizmochina

Akkumulyatorlar litiy-kobalt oksidi asosida ishlab chiqarilgan. Korpusdagi magnitlar qurilmani iPhone’ga mahkamlab ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, u boshqa smartfon va gadjetlarni ham quvvatlantira oladi.

Foto: Gizmochina

Blade 3 15 Vt quvvatda simsiz zaryadlashni, kabel orqali esa 30 Vt tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. USB-C portining noodatiy joylashuvi va unga mos maxsus kabel dizayni qurilmaning eng qiziqarli jihatlaridan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.

Yangi portativ akkumulyatorning narxi $37 etib belgilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi 6 mm qalinlikdagi noyob powerbankni sotuvga chiqargani haqida yozgandi.

Shuningdek