Redmi Turbo 5 smartfoni arzon narxda taqdim etildi

30-yanvar 2026 10:06 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Redmi Turbo 5 smartfoni arzon narxda taqdim etildi / Foto: Redmi

Xiaomi kompaniyasi Redmi Turbo 5 Max bilan birga seriyaning asosiy modeli – Redmi Turbo 5 ni taqdim etdi. Qurilma yuqori modelga qaraganda soddaroq va arzonroq, deya yozmoqda ITHome.

Redmi Turbo 5 4-nanometrli MediaTek Dimensity 8500-Ultra protsessori asosida ishlaydi. Ekran diagonali 6,59 dyuym bo‘lib, ichiga 7560 mA/soat sig‘imli batareya joylashtirilgan. Qurilma 100 Vt quvvatdagi tez zaryadlash va 27 Vt aks zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Ekran ruxsati 1,5K, PWM chastotasi 3840 Hzni tashkil etadi, maksimal yorqinligi esa 3500 kd/m².

Foto: Redmi

Qurilma yon metall ramka, shisha orqa panel va IP69K darajasida chang va suvdan himoya bilan jihozlangan. Dasturiy imkoniyatlar orasida Apple ekotizimi bilan integratsiya mavjud bo‘lib, egalari fayllarni bevosita iPhone va Mac bilan uzatish va bildirishnomalarni almashish imkoniga ega bo‘ladi.

Narxlar 12/256 GB versiyasi uchun $290, 16/512 GB varianti uchun esa $375 dan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 260 dollarlik Redmi Pad 2 Pro planshetini namoyish qilingan edi.

Shuningdek