Tayvan ilk mahalliy suv osti kemasini dengiz sinovidan o‘tkazdi

eʼlon qilindi
2027-yilgacha kamida yana ikkita mahalliy suv osti kemani safga kiritadi
Tayvan ilk mahalliy suv osti kemasini dengiz sinovidan o‘tkazdi / Foto: Reuters

Tayvan harbiy-dengiz salohiyatini mustahkamlash yo‘lida mahalliy ishlab chiqilgan birinchi suv osti kemasining ilk dengiz sinovini o‘tkazdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

CSBC Corp kompaniyasi «Narwhal» nomli suv osti kemasi Kaosyun porti yaqinida sayoz suvda suv osti harakat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qildi.

Mazkur loyiha Xitoy harbiy-dengiz kuchlariga qarshi turish va urush ehtimolida muhim dengiz yo‘llarini himoya qilishga qaratilgan. Xitoy bilan keskinlashuv fonda Tayvan qurolli kuchlarini modernizatsiya qilmoqda.

Ma’lumot uchun, CSBC Corp jami sakkizta suv osti kemasi qurishni rejalashtirgan. «Narwhal» 2024-yilda topshirilishi kerak edi, biroq loyiha kechikdi.

Tayvan 2027-yilgacha kamida ikkita mahalliy suv osti kemasini safga kiritishni rejalashtirmoqda. Birinchi kema 49,36 mlrd Tayvan dollari (1,58 mlrd AQSh dollari)ga baholanadi va Lockheed Martin jangovar tizimi hamda AQShda ishlab chiqarilgan Mark 48 torpedolari bilan jihozlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yadro quvvatli suvosti kemasini ommaga ko‘rsatgan edi.

Shuningdek