Jizzaxda 2026 – 2027-yillarda YHM 8,5 foizga o‘sishi rejalashtirilmoqda

eʼlon qilindi
$5 milliard xorijiy investitsiya jalb etish ham reja qilinmoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 30-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish maqsadida yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

So‘nggi yillarda viloyatda to‘qimachilik, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, elektrotexnika va turizm kabi yangi o‘sish drayverlari shakllandi. Yalpi hududiy mahsulotda sanoat ulushi 9,1 foizdan 18,8 foizga, qishloq xo‘jaligi ulushi esa 50 foizdan 36 foizga o‘sgan. Ishsizlik 4,9 foizga, kambag‘allik 5,8 foizga kamaydi, eksport 1,8 barobar, xizmat ko‘rsatish 1,6 barobar, sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1,9 barobar oshdi.

Viloyatda 25 ta yirik va 533 ta o‘rta va kichik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, $1,4 milliard xorijiy investitsiya jalb etildi. Eksportchi korxonalar soni 160 taga yetib, eksport hajmi $285 millionni tashkil qilgan.

Yig‘ilishda 2026 – 2027-yillarda yalpi hududiy mahsulot o‘sishini 8,5 foizga, sanoat ishlab chiqarishini 8 foizga oshirish, $5 milliard xorijiy investitsiya jalb qilish va yillik eksport hajmini $500 millionga yetkazish rejasi belgilandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ygani haqida yozgandi.

Shuningdek