Poco X8 Pro va Poco X8 Pro Max qanday texnik xususiyatlarga ega

30-yanvar 2026 22:02 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Poco X8 Pro va Poco X8 Pro Max qanday texnik xususiyatlarga ega / Foto: GSM Arena

Xiaomi kompaniyasi HyperOS kodida Poco X8 Pro va Poco X8 Pro Max modellari haqida texnik ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda GSMArena xabar berdi.

Ushbu ikki model quvvat tizimi bo‘yicha sezilarli farqqa ega. Kichikroq Poco X8 Pro 6500 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan bo‘lsa, Poco X8 Pro Max modeli 8500 mA/soat sig‘imli batareya oladi. Ikkala qurilma ham 100 vatt quvvat bilan zaryadlanadi.

Taxminlarga ko‘ra, yangi modellarning ikkalasi ham Redmi Turbo 5 va Redmi Turbo 5 Max qurilmalarining nomi o‘zgartirilgan versiyalari bo‘lib, faqat batareya sig‘imi kamaytirilgan. Shuningdek, kichik model Dimensity 8500 Ultra chipiga, kattaroq Max modeli esa Dimensity 9500s chipiga asoslangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi Realme 16 smartfoni taqdim etilgan edi.

Shuningdek