NASA tarixidagi eng kuchli superkompyuter Athena ishga tushirildi

NASA agentligi o‘zining eng yangi va kuchli superkompyuteri Athenani foydalanishga topshirilganini e’lon qildi. Kaliforniyadagi Ames tadqiqot markazida joylashgan ushbu tizim fan va aeronavtika sohasidagi murakkab muammolarni hal etishga mo‘ljallangan.
Athena yanvar oyida beta-sinovlardan so‘ng to‘liq ishga tushirildi va u agentlikning avvalgi Aitken hamda Pleiades tizimlaridan ham kuchliroqdir. Uning eng yuqori ishlash ko‘rsatkichi 20 petaflopsdan oshadi, bu esa soniyasiga shuncha miqdordagi hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, yangi qurilma elektr energiyasi sarfini kamaytirishga yordam beradi.
«Tadqiqotlar NASA’ni har doim hisoblash imkoniyatlari chegarasiga undagan», — dedi NASA bosh ofisi vakili Kevin Merfi
Superkompyuter raketa parvozlarini simulyatsiya qilish, yangi avlod samolyotlarini loyihalash va sun’iy intellekt modellarini o‘qitishda muhim ahamiyatga ega. Tizim nomi 2025-yilning mart oyida o‘tkazilgan tanlov asosida tanlangan bo‘lib, donolik va urush ma’budasi, shuningdek, Artemisning o‘gay singlisi sharafiga qo‘yilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jared Ayzekman NASA’ning yangi rahbari sifatida tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.