Bitkoin narxi 80 ming dollardan pastga tushdi

eʼlon qilindi
Bu kabi narx oxirgi marta 2025-yil aprelda kuzatilgan
Bitcoin
Bitkoin narxi 80 ming dollardan pastga tushdi / Foto: Norman Wozny / Unsplash

CoinMarketCap ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 08:50 holatida bitkoin narxi $78,8 mingni tashkil etdi.

Bitkoin bu kabi narx oxirgi marta 2025-yilning aprelida kuzatilgan edi, o‘shanda uning narxi $77 mingdan pastlagan.

Juma kuni, 30-yanvarda bitkoin bir sutka ichida qariyb 7 foizga arzonlagan. Narx pasayishi fonida butun kriptovalyuta bozori noyabr oyidan beri eng past ko‘rsatkichlarga tushib ketdi. Ayrim paytlarda u $81 ming atrofida savdo qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oracle kompaniyasining kutilganidan past moliya natijalari texnologik aksiyalarga bosim o‘tkazib, bozor kayfiyatini buzgandi. Ushbu fonda bitkoin ham 3 foizdan ko‘proq arzonlashdi.

Osiyoda texnologik sektordagi pasayish natijasida mintaqaviy indekslar o‘sishni yo‘qotdi. Bu Federal tizimning uchinchi bor stavka pasaytirganiga qaramay sodir bo‘ldi. Tizim boshqaruvi ichida kelishmovchiliklar kuchaygani, 2026-yilda atigi bitta qo‘shimcha pasaytirish rejalashtirilgani ham bozorlarda ehtiyotkorlikni oshirdi.

Shuningdek