«Tashabbusli budjet»ning 2026-yilgi 1-mavsumi boshlandi

eʼlon qilindi
Loyiha kiritish bosqichi — 1 – 20-fevral
«Tashabbusli budjet»ning 2026-yilgi 1-mavsumida ishtirok etmaydigan mahallalar ma’lum qilindi
Foto: Openbudget.uz

2026-yil 1-fevraldan «Ochiq budjet» portali orqali «Tashabbusli budjet» jarayonlarining 1-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Fuqarolar ushbu platforma orqali o‘z hududidagi muammolarni hal etishga qaratilgan taklif va loyihalarni taqdim qiliishi mumkin.

Jarayonga ko‘ra,

  • Loyiha kiritish bosqichi — 1 – 20-fevral;
  • Saralash bosqichi — 21-fevraldan 7-martgacha;
  • Targ‘ibot bosqichi — 8 – 10-mart;
  • Ovoz berish bosqichi — 11 – 20-mart;
  • Qoʻshimcha gʻoliblarni e’lon qilish bosqichi — 21 – 31-mart kunlari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilgi 1-mavsumida ishtirok etmaydigan mahallalar ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, avvalgi mavsumlarda ketma-ket g‘olib bo‘lgan va 2026-yil 1-mavsumda loyiha kiritish imkoniyati cheklangan mahallalar ro‘yxati shakllantirilgan. Ushbu ro‘yxat bilan tuman va shaharlar kesimida openbudget.uz havolasi orqali tanishish mumkin.

Shuningdek