Eng ko‘p patentlarni kim ro‘yxatdan o‘tkazgan

Yaponiyalik ixtirochi Syumpey Yamadzaki bir kishi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan eng ko‘p patentlar bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Naked Science xabar berdi.
Yamadzakining patentlari soni 20 mingdan ortiq. 2025-yilda uning yutug‘i Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan e’tirof etildi. Yamadzakining tadqiqotlari asosan yarimo‘tkazgichlar texnologiyasi, displeylar va analog sun’iy intellektga qaratilgan. Uning patentlari Yaponiya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy va Germaniya kabi turli mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tgan.
Kia Silverbruk mustaqil avstraliyalik ixtirochi. U INPADOC xalqaro patent ma’lumotlar bazasida 9800 dan ortiq patent va patent arizalariga ega. Uning ixtirolari, boshqa narsalar qatori, sanoat avtomatlashtirish, suyuq kristalli displeylar va genetik tahlilga tegishli.

Syaosya Chjan infografikada tasvirlangan yagona ayol. Uning asosiy e’tibori simsiz aloqa tizimlari, jumladan, 5G texnologiyalariga qaratilgan. U shuningdek, «narsalar interneti»ni (IoT) ham o‘rganadi.
Tomas Edison patentlar soni bo‘yicha infografikada ko‘rsatilgan boshqa tadqiqotchilardan orqada qoldi. Biroq, uning yutuqlari zamonaviy muhandislik va fanning asosini yaratdi. Uning eng mashhur ixtirolari qatoriga fonograf va birinchi tijorat jihatdan muvaffaqiyatli bo‘lgan cho‘g‘lanma lampalardan biri kiradi.
Infografika mualliflari Vikipediya va Ginnesning rekordlar kitobi ma’lumotlaridan foydalanganlar. Ixtirochilarning patentlari soni tasniflash usullariga qarab farq qilishi va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin.
Ma’lumot uchun, har yili butun dunyo bo‘ylab kompaniyalar va tadqiqotchilar o‘n minglab patentlarni ro‘yxatdan o‘tkazadilar.
Avvalroq «Kursiv» General Motors avtomobilni masofadan turib boshqarish imkonini beruvchi yangi tizimga patent olgani haqida yozgandi.