Aviator savdo majmuasidagi yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

eʼlon qilindi
Ikki modda bo‘yicha tergov boshlandi
Foto: FVBB

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan Aviator savdo majmuasida yuz bergan yirik yong‘in yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining ikki moddasi bilan ish ochilgan. Xususan, aybdorlarga nisbatan 192-11-modda (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) hamda 259-modda (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31-yanvar kuni soat 15:47 da Parkent ko‘chasidagi Aviator majmuasida yong‘in chiqqan, voqea joyiga yetib borgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ekipajlari binodagi fuqarolarni evakuatsiya qilishgan. Yong‘in soat 17:17 da to‘liq bartaraf etilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzubekistan Toshkentdagi Aviator savdo markazidagi yong‘inda 3 yoshli bola halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek