Dollar o‘sdi: 3-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

3-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 17,01 so‘mga oshib, 12 242,17 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
23-yanvarda 14,85 so‘mga oshib, 12 136,92 so‘mga yetdi. 26-yanvarda 51,97 so‘mga tushib, 12 084,95 so‘mni tashkil etdi. 27-yanvar esa dollar 13,17 so‘mga tushib, 12 098,12 so‘mga yetdi. 28-yanvarda 29,90 so‘mga oshib, 12 128,02 so‘mni tashkil etgan edi. 29-yanvarda dollar 40,96 so‘mga oshib, 12 168,98 so‘mni, 30-yanvarda esa 32,13 so‘mga oshib, 12 199,10 so‘mni tashkil etdi. 2-fevral kuni dollar 26,06 so‘mga oshib, 12 225,16 so‘mga yetgandi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 37,28 so‘mga pasayib, 14 522,89 so‘mni, rubl 2,11 so‘mga oshib, 159,90 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.