O‘zbekistonda Parkinson yoki Alsgeymer bilan kasallanganlarga qarab turish xizmati yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
Ushbu xizmat 2026-yil 1-martdan kuchga kiradi
Foto: Shutterstock

Alsgeymer tashxisi qo‘yilgan shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko‘rsatiladi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi qarori asosida ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.

Qaror bilan «Faol hayotga qadam» dasturi joriy etilishi munosabati ortidan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan paytdan boshlab har chorakda 1 marotaba yashash sharoitlari ishchi guruh tomonidan qayta baholanishi talabi bekor qilinadi.

«Inson» markazlari va oilaviy poliklinikalar tomonidan keyingi yil uchun shaxslar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini tashkil etish jadvalini tuzish amaliyoti ham bekor qilinadi.

Shuningdek, ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchiga berilgan vaucher bekor qilinib, ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchini «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimidagi «Oila hamkori» platformasida ro‘yxatdan chiqarish asoslari aniq belgilanadi.

2026-yil 1-martdan xulq-atvori buzilishlari bo‘lmagan ruhiy kasallik bo‘yicha dispanser nazoratida turuvchi demensiya, Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yilgan shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko‘rsatiladi.

Avvalroq “Kursiv davlat budjeti hisobidan imtiyozli toifadagi fuqarolarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar narxi optimallashtirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek