«Layk» va obunachi ko‘paytirishdagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin

eʼlon qilindi
Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishida birinchi o‘qishda muhokama qilindi
Foto: Fotolia

Ijtimoiy tarmoqlarda «layk» yig‘ish yoki obunachilar sonini oshirish maqsadida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Bu bo‘yicha tegishli qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishida birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Qonun loyihasida internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, haqorat qilish, uyatli so‘zlar bilan so‘kish kabi mayda bezorilik holatlari uchun ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.

Shuningdek, e’tibor qozonish, «layk» to‘plash yoki obunachilarni ko‘paytirish maqsadida huquqbuzarlik sodir etish, ushbu holatni tasvirga olib internet tarmoqlarida tarqatish orqali qonun-qoidalarni mensimaslikni targ‘ib qilgan shaxslarga nisbatan ham ma’muriy jarima qo‘llash nazarda tutilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abdulloh domlaning ma’ruzasiga «klass» bosgan yigit uch yilga qamalgani haqida yozgandi.

Shuningdek