
AnTuTu benchmarki 2026-yil yanvar oyidagi eng kuchli subflagman smartfonlar reytingini e’lon qildi.

Reytingda birinchi o‘rinni yaqinda taqdim etilgan va 10 000 mAh batareyaga ega Honor Power 2 subflagmani egalladi. Ushbu model MediaTek Dimensity 8500 Elite protsessori bilan jihozlangan.

Ikkinchi o‘rinda Oppo Reno15 modeli bo‘lib, qurilma Dimensity 8400-Max asosida ishlaydi. Uchinchi o‘rinni esa xuddi shu protsessorga ega Oppo Reno15 Pro egalladi. Qizig‘i shundaki, Oppo kompaniyasining Oppo Reno 14 Pro va Oppo Reno14 modellari ham kuchli o‘ntalikdan (to‘rtinchi va yettinchi o‘rinda) joy oldi.

Bundan tashqari, iQOO Z10 Turbo beshinchi, Redmi Turbo 4 oltinchi, Redmi Note 12 Turbo smartfoni esa sakkizinchi o‘rinni egalladi. Redmi Note 15 Pro+ modeli esa subflagmanlar bo‘yicha kuchli o‘ntalik reytingni yakunlab berdi.

Subflagman – bu kompaniyaning flagman modellari darajasiga yaqin, lekin biroz arzonroq va soddalashtirilgan, yuqori quvvatli smartfonlardir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilning yanvar oyidagi eng kuchli Android smartfonlari e’lon qilingan edi.