Jizzax hokimligida ikki yangi o‘rinbosar lavozimi tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Ushbu hokim o‘rinbosarlari KPI asosida ishlaydi
Jizzax viloyati
Foto: Wikipedia

Prezidentning «Jizzax viloyatida sanoat va qishloq xo‘jaligi boshqaruvini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, viloyat hokimligi tuzilmasi doirasida ikki yangi hokim o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.

Endilikda o‘rinbosarlardan biri tog‘li hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari uchun, ikkinchisi esa dasht va cho‘l hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo yo‘nalishlari uchun mas’ul bo‘ladi. Yangi lavozimlar mavjud shtat birliklari hisobidan kiritiladi.

Qaror bilan 2026-yildan ushbu hokim o‘rinbosarlari faoliyatini baholashda natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilishi belgilandi. Ularning ish samaradorligi KPI ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. KPI hududlarda sanoatni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jizzaxda 2026 – 2027-yillarda YHM 8,5 foizga o‘sishi rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek