Akramjon Fozilov Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

eʼlon qilindi
U Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi lavozimida faoliyat olib borgan
Foto: massmedia.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishiga muvofiq, Akramjon Fozilov Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Akramjon Fozilov bunga qadar Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek