Samsung Galaxy S21 seriyasi dasturiy qo‘llab-quvvatlovini yakunladi

eʼlon qilindi
S22 modellari yangilanishlar jadvali o‘zgardi
Samsung Galaxy S21 seriyasi dasturiy qo‘llab-quvvatlovini yakunladi / Foto: Compare and Recycle

Samsung kompaniyasi sobiq flagmanlari Galaxy S21, Galaxy S21 Plus va Galaxy S21 Ultra modellariga dasturiy ta’minot qo‘llab-quvvatlovini to‘xtatdi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.

Galaxy S21 seriyasi 2021-yil boshida taqdim etilgan bo‘lib, besh yil davomida ishlab chiqaruvchi va’da qilgan barcha yangilanishlarni oldi. Ushbu smartfonlar Android 12 dan Android 15 gacha bo‘lgan to‘rtta yirik yangilanishni, shuningdek, One UI 7.0 interfeysini qabul qildi. So‘nggi rasmiy xavfsizlik yamog‘i ushbu modellarga 2025-yil noyabr oyida chiqarilgan. Endilikda kompaniya S21 seriyasi uchun faqat juda xavfli zaifliklar aniqlangan taqdirdagina muhim xavfsizlik tuzatishlarini taqdim etadi.

Shuningdek, Samsung keyingi avlod flagmanlari – Galaxy S22, Galaxy S22 Plus va Galaxy S22 Ultra modellari uchun yangilanishlar jadvalini o‘zgartirdi. Endi ular oylik emas, choraklik siklda yangilanadi. Ushbu seriya uchun dasturiy qo‘llab-quvvatlash bir yil ichida yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy A37 va A57 renderlari rasman taqdim etilgan edi.

Shuningdek