AQShda 1 milliontagacha «Trump Homes» qurish rejalashtirilmoqda

eʼlon qilindi
Quruvchilar boshlang‘ich toifadagi uylarni «mulkka ega bo‘lish sari yo‘l» dasturi orqali sotishni rejalashtirmoqda
AQShda 1 milliontagacha «Trump Homes» qurish rejalashtirilmoqda
Foto: depositphotos.com

AQShda uy-joy quruvchilar mamlakatdagi arzon uy-joy tanqisligini yumshatish maqsadida qariyb 1 millionta «Trump Homes» nomli turar joylar loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg News manbalarga tayanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, taklif doirasida quruvchilar boshlang‘ich toifadagi uylarni «mulkka ega bo‘lish sari yo‘l» dasturi orqali sotishni rejalashtirmoqda. Ushbu mexanizm milliardlab dollar miqdoridagi xususiy kapitalni jalb etishni nazarda tutadi. Loyiha AQShda uy-joy narxlari yuqoriligi fonida, aholining keng qatlamlari uchun uy sotib olishni osonlashtirishga qaratilgan.

Natijada, xabar ortidan AQShning yirik qurilish kompaniyalari aksiyalari keskin o‘sdi. Jumladan, Lennar, D.R. Horton, PulteGroup, Toll Brothers, Taylor Morrison Home va KB Home aksiyalari savdolarning dastlabki soatlarida 5 – 7 foizga qimmatlashdi.

Xususan, Bloomberg’ga izoh bergan Oq uy rasmiysining aytishicha, amaldagi ma’muriyat ushbu rejani hozircha faol ravishda ko‘rib chiqmayapti.

Taklif AQShda inflyatsiya yuqori bo‘lib qolayotgan, bu esa uy-joy savdolarini sekinlashtirayotgan bir paytda ilgari surilmoqda. Ayni paytda hisob-kitoblarga ko‘ra, agar loyiha to‘liq amalga oshsa, bozorga umumiy qiymati $250 mlrddan oshadigan uy-joylar chiqarilishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp ma’muriyati 75 mamlakat fuqarolariga viza berishni to‘xtatgani uchun sudga tortilgani haqida yozgandi.

Shuningdek