Bitkoin narxi 75 ming dollardan pastga tushdi

Investorlarning qimmatbaho metallarga qaytishi fonida Bitkoin narxi $75 mingdan pastga tushdi. 3-fevral kuni kriptovalyuta 5,2 foizga arzonlashib, Donald Trampning Oq uyga qaytishidan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichga yaqinlashdi.
Spekulyantlar 10 oylik minimumdan keyin tiklanayotgan qimmatbaho metallar narxining o‘sishiga e’tibor qaratayotgani sababli kriptovalyuta pasaymoqda. Bozorda jiddiy ijobiy katalizatorlar yo‘qligi bois keyingi pasayish ehtimoli mavjud.

CME va Coinglass ma’lumotlariga ko‘ra, dam olish kunlari kriptovalyuta fyucherslariga bo‘lgan qiziqish keskin kamaygan. Fevral oyida bitkoin ETF (birja fondi)laridan sof mablag‘ chiqib ketishi taxminan $1,1 mlrdni tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan bitkoin narxi 80 ming dollardan pastga tushgani haqida xabar bergan edi.