Kia avtomobillari endi qanday boshqariladi

4-fevral 2026 10:13 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Kia avtomobillari endi qanday boshqariladi
Foto: Kia

Kia kompaniyasi haydovchilar talabi sabab avtomobillar interyerida jismoniy tugmalarni saqlab qoladi. Bu haqda The Drive nashri xabar berdi. Kompaniya to‘liq sensorli boshqaruvdan voz kechmoqda.

Brend vakillariga ko‘ra, sensorli ekranlar haydovchini yo‘ldan chalg‘itadi. Shu sabab yangi modellarda iqlim nazorati va ovoz balandligi kabi funksiyalar alohida tugmalar orqali boshqariladi. Bu qaror xavfsizlikni oshirishga qaratilgan.

Kia’ning AQShdagi bosh dizayneri Tom Kirnsning aytishicha, jismoniy tugmalarni ko‘z bilan qidirmasdan boshqarish mumkin. Sensorli ekranda esa haydovchi majburan ekranga qaraydi. Bu esa xavf tug‘diradi.

Foto: Shutterstock

Kompaniya haydovchilar dididagi hududiy farqlarni ham inobatga olmoqda. AQSh va Yevropada haydovchilar klassik va seziladigan boshqaruvni afzal ko‘radi. Xitoyda esa yosh auditoriya ko‘proq raqamli interfeys va ovozli buyruqlarni kutadi.

Shu sabab Kia turli bozorlar uchun interfeysni alohida ishlab chiqadi. G‘arb bozorlarida an’anaviy va tushunarli panel saqlanadi. Sharq bozorlarida esa raqamli yechimlar ustuvor bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Kia Sonet 2026 avtomobilining dizayni namoyish qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek