Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
5 – 9-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli
Foto: depositphotos

2026-yil 5 – 9-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, qor ko‘chishi quyidagi hududlarda kuzatilishi mumkin:

  • Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kitob, Qamashi va Shahrisabz tumanlari;
  • Surxondaryo viloyatining Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo va Uzun tumanlari;
  • Samarqand viloyatining Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand va Urgut tumanlari;
  • Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin tumanlari;
  • Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi);
  • Namangan viloyatining Pop tumani.

Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 4-fevral kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berilgandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yoki tuman kuzatilishi mumkin.

Shuningdek