Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligida noqonuniy holatlar fosh etildi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligida noqonuniy holatlar fosh etildi / Foto: DXX

Namangan viloyatining Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligida yerlaridan maqsadli foydalanish tartibiga rioya qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, man­sabdor shaxslarning sovuq­qonligi natijasida 5 tadbirkor ruxsatsiz bino va inshootlar qurib, yer uchastkalarining ixtisoslashuvi o‘zgartirilishi oqibatida davlatga zarar yetkazgan.

Foto: DXX

Shu bilan birga, 460 nafar ijarachidan ijara to‘lovlari undirilmadi. Bu davlatga 1,4 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirdi. Man­sabdorlar ayrim ijarachilar bilan til biriktirib, 2023 – 2025 yillarda jami 5356 metr kub nоruda materiallarni noqonuniy qazib olib, davlatga 1,3 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgan. Aniqlangan holatlar bo‘yicha JKning bir necha moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Foto: DXX

Tezkor tadbirda Pop o‘rmonbegisi 1998-yilda tug‘ilgan fuqaroning yer olish evaziga $15 ming olgan paytda, Davlat kadastrlar palatasi mutaxassisi esa $500 olgan paytda ushlangan. Hozirda ularga JKning 168-moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi direktorining vaqtincha vazifasini bajaruvchi shaxs xizmat mavqeyidan foydalanib, 50 sotix yerni ijaraga berish evaziga $10 ming talab qilgan va oldindan $5 ming olgan paytda ushlangan. Unga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Namangan viloyatlarida mansabdor shaxslar pora ustida ushlangan edi.

Shuningdek