Raqamli yevro bo‘yicha ovoz berish qachon bo‘lishi aytildi

Pul-kredit tizimi barqarorligini kuchaytirish maqsadida Yevropa Ittifoqi tomonidan Yevropa Markaziy bankiga bog‘langan raqamli yevroni joriy qilish bo‘yicha ovoz berish joriy yil bahorda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa parlamenti deputatlari raqamli yevro masalasida umumiy kelishuvga erishishga urinmoqda. Biroq mavjud hujjatlar loyihaga oid qonunchilik jarayoni hozircha boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ko‘rsatmoqda.
3-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’ruzachilar yangi elektron valyuta konsepsiyasining mohiyati borasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjudligini ta’kidlagan. Kun tartibiga muvofiq, Yevropa parlamentida loyiha uchun mas’ul bo‘lgan Yevropa Xalq partiyasi vakili Fernando Navarret «elektron naqd pul» bo‘yicha yangi taklifni ilgari surgan. Ushbu modelga ko‘ra, raqamli yevro faqat oflayn to‘lovlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, naqd pulning tokenlashtirilgan raqamli ko‘rinishi sifatida ishlaydi.
Sotsialistlar va demokratlar «Yevropani yangilash» partiyasi esa Yevropa Komissiyasining taklifini qo‘llab-quvvatlagan, bu taklif yevropaliklarga Yevropa Markaziy banki hisob raqamlarini ochish va raqamli yevrolardan nafaqat onlayn, balki oflayn rejimda ham foydalanish imkonini berishi haqida aytilgan. Hozircha Yevropa parlamenti mazkur masala bo‘yicha o‘z pozitsiyasini rasman bildirmagan yagona institut bo‘lib qolmoqda. A’zo davlatlar esa bu borada qarorni 2025-yil dekabr oyida buni amalga oshirgan.
Raqamli yevro bo‘yicha ovoz berish joriy yilning may oyida Yevropa parlamentining yalpi majlisida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ammo qonun chiqaruvchilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tashabbusning qabul qilinishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Agar loyiha Yevropa parlamenti tomonidan ma’qullansa, Yevropa Komissiyasi, Yevropa Parlamenti va Yevropa Kengashi o‘rtasida siyosiy kelishuv yuzasidan muzokaralar boshlanadi.
Avvalroq «Kursiv» AQSh 2026-yildan boshlab dollar banknotalarini to‘liq yangilash bo‘yicha eng yirik modernizatsiya dasturini boshlashi haqida yozgandi.