Washington Post 300 ga yaqin jurnalistini ishdan olmoqchi

eʼlon qilindi
Ishdan bo‘shatishlar Jeff Bezosning talabi bilan boshlangan
Foto: CNN

The Washington Post gazetasi (WP) 300 ga yaqin jurnalistini ishdan bo‘shatishini ma’lum qildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Unga ko‘ra, nashr o‘z xodimlarining taxminan 30 foizini – ham tijorat bo‘limi xodimlarini, ham jurnalistlarni (nashrda taxminan 800 nafar jurnalist bor) ishdan bo‘shatishga tayyorlanmoqda.

NYT xabariga ko‘ra, WP bosh muharriri Mett Myurrey tahririyat kengashiga gazeta juda ko‘p pul yo‘qotayotgani aytgan. va U nashr milliy yangiliklar va siyosatga, shuningdek, biznes va sog‘liqni saqlashga ko‘proq e’tibor qaratishini, boshqa sohalarga esa unchalik ahamiyat bermasligini qayd etgan.

Uning aniqlik kiritishicha, xalqaro bo‘lim sezilarli darajada qisqartiriladi va sport bo‘limi yopiladi, uning ba’zi muxbirlari qolib, maqolalar bo‘limiga o‘tadi. Kitob bo‘limi ham, kundalik yangiliklar podkasti Post Reports ham yopiladi.

Milliy jamoat radiosining xabar berishicha, ishdan bo‘shatishlar 4-fevral kuni WP egasi Jeff Bezosning talabi bilan boshlangan. Ishdan bo‘shatishlar tahririyat jamoasining deyarli barcha bo‘limlariga ta’sir qiladi.

Foto: Newsweek

Ma’lumot uchun, Bezos 2013-yilda The Washington Post gazetasini $250 millionga sotib oldi. U xususiy shaxs sifatida faoliyat yuritib, o‘zining Nash Holdings xususiy xolding kompaniyasi orqali to‘lovlarni amalga oshirdi.

Avvalroq «Kursiv» AQShning aerokosmik kompaniyasi Blue Origin Jeff Bezos boshchiligida TeraWave nomli sun’iy yo‘ldosh interneti loyihasini e’lon qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek