Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti va Armaniston bosh vazirini xalqaro mukofot bilan tabrikladi

eʼlon qilindi
Abu-Dabidagi «Insoniy birodarlik» xalqaro mukofotini topshirish marosimida
Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti va Armaniston bosh vazirini xalqaro mukofot bilan tabrikladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti va Armaniston bosh vazirini xalqaro mukofot bilan tabrikladi. Joriy yilning 4-fevral kuni Abu-Dabi shahrida Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» xalqaro mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Shavkat Mirziyoyev marosim ishtirokchilariga videomurojaat yo‘llab, mukofot bilan taqdirlangan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanni tabrikladi.

«Siyosiy yetakchilarning uzoq davom etgan mojaroni oqilona hal etish, tinchlikka erishish yo‘lidagi birgalikdagi sa’y-harakatlari, hech shubhasiz, ushbu nufuzli mukofotga haqli ravishda munosibdir», — dedi davlat rahbari.

Shuningdek, Mirziyoyev O‘zbekiston har qanday nizo va ziddiyatni faqat siyosiy-diplomatik vositalar, xalqaro huquq va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillari asosida hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyatining gumanitar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro muloqot madaniyatini rivojlantirishdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharifning taklifi bilan Pokistonga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek