7000 mA/soat quvvatga ega Realme 16 5G taqdim etildi

eʼlon qilindi
O‘rta budjetli yangi model IP69K himoya standarti bilan jihozlangan
Foto: MI Today

Realme kompaniyasi Vyetnam bozorida o‘rta budjetli yangi Realme 16 5G smartfonini rasman taqdim etdi. Qurilma o‘ziga xos dizayn yechimlari va katta hajmli akkumulyatori bilan ajralib turadi.

Smartfon 6,57 dyuymli, 120 Gs yangilanish chastotasi va 1400 nit yorqinlikka ega OLED ekran bilan jihozlangan. Qurilmaning ishlash samaradorligini 6 nanometrli 8 yadroli Dimensity 6400 Turbo protsessori ta’minlaydi. Xotira hajmi 8/12 GB tezkor va 256 GB doimiy (UFS 2.2) xotirani tashkil qiladi.

Foto: Realme

Yangi modelning asosiy xususiyatlaridan biri orqa panelda joylashgan kichik selfi-oyna va IP69K standarti bo‘yicha yuqori himoyadir. Smartfon 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, u 60 Vt tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, displey ostida ultratovushli barmoq izi skaneri va stereodinamiklar mavjud.

Foto: Realme

Realme 16 5G Android 16 operatsion tizimida ishlaydi. 8/256 GB xotiraga ega versiyaning narxi 11,5 mln dong (5,8 mln so‘m) etib belgilandi. Hozircha ushbu modelning global bozorga chiqishi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 300 dollarlik hamyonbop Realme P4 Power 5-fevraldan sotuvga chiqishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek