Islomobodda Toshkent ko‘chasi, Ispaniya va Portugaliyada to’fon, Nike tergovga tortildi hamda Tojikistonga Starlink kirib keldi, — 5-fevral kungi yangiliklar dayjesti


Pokiston poytaxtida Toshkent koʻchasi va Bobur bog‘i ochildi
Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasida Islomoboddagi koʻchalardan biriga Toshkent, yangi barpo etiladigan bogʻga esa Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti Tojikistonda ishga tushirildi
SpaceX kompaniyasining Starlink tizimi Tojikistonda yuqori tezlikdagi internet xizmati ishga tushganini e’lon qildi. Tegishli litsenziya shartnomasi 2025-yil oktabr oyida «Dushanbe Invest–2025» forumi doirasida imzolangan. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar bermoqda.

Pokiston Balujistondagi shaharchani isyonchilardan ozod qildi
Pokiston kuchlari Balujiston viloyatidagi Nushki shaharchasini isyonchilardan ozod qilish operatsiyasi yakunlandi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Davlat organlari murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha baholanadi
Davlat organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyatini baholash tartibi yangilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Portugaliya va Ispaniyaga Leonardo to‘foni yopirildi
5-fevral kuni Leonardo to‘foni Pireney yarim oroliga kuchli yomg‘ir va shamol olib keldi. Portugaliyada suv toshqini mashinani oqizib ketishi oqibatida bir erkak halok bo‘ld. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Washington Post 300 ga yaqin jurnalistini ishdan olmoqchi
The Washington Post gazetasi (WP) 300 ga yaqin jurnalistini ishdan bo‘shatishini ma’lum qildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Nike oq tanli xodimlarni kamsitishda gumonlanib tergov qilinmoqda
AQSh Teng bandlik imkoniyatlari komissiyasi Nike kompaniyasini oq tanli xodimlarga nisbatan ehtimoliy diskriminatsiya yuzasidan tergov qilmoqda. Komissiya kompaniya xodimlar tarkibi bo‘yicha ma’lumot berishdan bosh tortganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Toshkentdagi kiyim do‘koni reklamasi axloq me’yorlariga zid deb topilib, ishi sudga oshirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Lady Eva kiyim-kechak do‘koni reklama roligi milliy va oilaviy qadriyatlarga zid ekani haqidagi muhokamalar jamoatchilik e’tiborini tortdi.