
Samsung Galaxy S26 modellarida simsiz zaryadlash joriy etilmasligi mumkin. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S26 Ultra’da magnitlar o‘rnatilmagan. Bu ma’lumot bir nechta manbalar tomonidan tasdiqlangan. Qolgan Galaxy S26 va Galaxy S26+ modellari ham Qi2 aksessuarlari bilan avtomatik moslashuv uchun magnitsiz chiqishi ehtimoli yuqori.
Agar bu tasdiqlansa, foydalanuvchilarga Qi2 simsiz zaryadlovchi, stend yoki avtomobil ushlagichlaridan foydalanish uchun magnitli g‘ilof sotib olishga to‘g‘ri keladi. Samsung esa Qi2 Ready nomli rasmiy g‘iloflarni alohida taqdim etishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.
Shu bilan birga, kompaniya simsiz zaryadlash tezligini oshirishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 va S26+ 20W gacha, Galaxy S26 Ultra esa 25W gacha simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Bu zaryadlash vaqtini sezilarli qisqartiradi.
Batareya sig‘imi bo‘yicha Galaxy S26 4300 mA/soat, Galaxy S26+ 4900 mA/soat bo‘lishi kutilmoqda. Galaxy S26 Ultra esa 5000 mA/soat batareyaga ega bo‘ladi va 60W simli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Galaxy S26 seriyasining rasmiy xususiyatlari va narxlari esa hozircha aniq emas.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 seriasining narxi e’lon qilingani haqida yozgan edi.