2025-yilda 200 ga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyadan boshpana so‘radi

eʼlon qilindi
Eng ko‘p boshpana so‘raganlar ukrainaliklar bo‘lgan
Foto: Bumble-Dee / depositphotos.com

O‘tgan yili Rossiyadan vaqtinchalik boshpana so‘rab murojaat qilgan o‘zbekistonliklar 176 kishini tashkil qildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib TASS xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2025-yilda Rossiyadan jami 8820 nafar xorij fuqarosi boshpana so‘ragan, ulardan 3332 nafari Ukraina fuqarosi, 3196 nafari Suriya fuqarosi, shuningdek, 281 nafari afg‘onistonlik, 313 nafari falastinlik va 176 nafari o‘zbekistonlik bo‘lgan.

Germaniya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Isroil va Armaniston ham Rossiyadan boshpana izlovchilar soni eng ko‘p bo‘lgan o‘nta davlat qatoriga kirdi.

2024-yilda Rossiyaga 6879 kishi vaqtinchalik boshpana so‘rab murojaat qilgan, ularning yarmidan ko‘pini (3722) Ukraina fuqarolari, ikkinchi o‘rinni esa Suriya fuqarolari (726) egallagan.

Rossiyadagi bu maqom shaxsga mamlakatda qonuniy yashash huquqini beradi. Ular, shuningdek, ruxsatnomasiz ishlashlari va majburiy tibbiy sug‘urta tizimi bo‘yicha tibbiy xizmatlardan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiyada vaqtinchalik boshpana olgan shaxslar mamlakatdan chiqish va kirish, ta’lim va moliyaviy yordam uchun hujjatlarni olishi mumkin. Bu vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma va Rossiya fuqaroligini olish yo‘lidagi birinchi qadamdir.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston fuqarolarining katta qismi qish oylarida, asosan, Rossiyaga ketayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek