OPPO ColorOS 16 yangilanishini qabul qiluvchi qurilmalar ro‘yxatini e’lon qildi

eʼlon qilindi
Android 16 asosidagi yangilanish 20 dan ortiq modellarni qamrab oladi
Foto: gizmochina.com

OPPO kompaniyasi Android 16 operatsion tizimiga asoslangan ColorOS 16 yangilanishini oladigan qurilmalar ro‘yxati ma’lum qilindi. Yangi dasturiy ta’minot yaqin kunlarda 20 dan ortiq smartfon va planshet modellariga tarqatila boshlaydi.

Kompaniya taqdim etgan ro‘yxatga ko‘ra, birinchi navbatda buklama smartfonlar va flagmanlar yangilanadi. Bular qatoriga OPPO Find N5, Find N3, Find N2 Flip hamda Find X8 va X5 Pro modellari kiradi. O‘rta segmentda esa Reno seriyasining keng qamrovli modellari Reno 14, 13, 12, 11 va 10 Pro+ qamrab olingan. Shuningdek, K13, F29 va F27 seriyalari hamda OPPO Pad 2 va Pad 3 planshetlari ham yangilanishni birinchilardan bo‘lib qabul qiladi.

Foto: Daily China

Yangilanish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bir necha kun ichida yuqorida sanalgan barcha modellarda paydo bo‘ladi. OPPO vakillarining ta’kidlashicha, dasturiy ta’minotni tarqatish jarayoni mintaqalarga qarab biroz farq qilishi mumkin.

Shu bilan birga, navbatda turgan yana bir guruh qurilmalar mavjud. Reno 12 F, Reno 11 F, F31 seriyasi, K13x smartfonlari va OPPO Pad SE plansheti uchun ColorOS 16 biroz keyinroq taqdim etiladi. Ushbu modellar uchun yangilanish joriy yilning birinchi choragi davomida chiqarilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oppo Find X10 Pro smartfoni qanday kamera bilan taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek