Tramp Grenlandiya, Kanada va Venesuelani AQSh shtati qilish haqida aytdi

eʼlon qilindi
U bu gaplarni kulgi tariqasida aytganini ta’kidlagan
Donald Tramp
Foto: AP Photo

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonda o‘tkazilgan yopiq kechki tadbirda Grenlandiya, Kanada va Venesuelani AQSh shtatiga aylantirish haqidagi hazil-mutoyibalari bilan e’tibor qozondi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.

Rasmiy kechada u bu gaplarni kulgi tariqasida aytganini ta’kidlagan, biroq zaldagi ko‘plab mehmonlar uning hazillarini sovuqqonlik bilan qabul qildi.

Tramp nutqi davomida avval Grenlandiyani «bosib olish» haqida gapirib, keyin bu hazil ekanini aytdi.

«Biz Grenlandiyani bosib olmaymiz, uni sotib olamiz. Men hech qachon Grenlandiyani 51-shtatga aylantirish niyatida bo‘lmaganman. Men Kanadani 51-shtatga aylantirmoqchiman. Grenlandiya 52-shtat bo‘ladi. Venesuela 53-o‘rinda bo‘lishi mumkin», – dedi u.

Bu so‘zlar rasmiy siyosiy bayonot emas, balki «komedik kecha» doirasidagi hazil ekanini Tramp keyinroq jurnalistlarga ham aytgan. Shunga qaramay, uning bu chiqishi AQSh ichida va tashqarisida turli munozaralarga sabab bo‘ldi.

Tadbir yopiq bo‘lib, unda siyosatchilar, yirik kompaniyalar rahbarlari va taniqli shaxslar ishtirok etdi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, Trampning ayrim hazillari zalda sukunat bilan kutib olingan va hamma ham ularni kulgi sifatida qabul qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti Grenlandiyani 120 yilga ijaraga olish tashabbusini ilgari surgandi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, mazkur taklif amalga oshirilgan taqdirda Grenlandiya huquqiy jihatdan Daniya tarkibida qoladi va mamlakat suverenitetiga putur yetmaydi.

Shuningdek