Samsung Galaxy S26 Ultra modelining sifatli tasvirlari e’lon qilindi

6-fevral 2026 13:40 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 Ultra’ning eng sifatli tasvirlari e’lon qilindi
Foto: Samsung

Samsung kompaniyasining yangi Samsung Galaxy S26 Ultra modelining yuqori sifatli rasm va videolari internetga chiqdi. Tasvirlarda smartfon suv belgilarisiz ko‘rsatilgan.

Galaxy S26 Ultra yangi binafsha rangda namoyish etilgan. Asosiy e’tibor kamera blokiga qaratilgan. Uning dizayni bukiluvchi Galaxy Z Fold7 kamerasiga o‘xshaydi. Old panelda esa tekis va katta displey mavjud. Ramkalar juda ingichka ko‘rinadi.

Shuningdek, smartfonning 360 daraja aylanishini ko‘rsatuvchi video ham tarqalgan. Unda korpus dizayni va kamera joylashuvi aniq ko‘rinadi.

Foto: Evan Blass

Avvalroq Galaxy S26 Ultra’da ichki magnitlar bo‘lmasligi aytilgandi. Shu bilan birga, qurilma magnitli simsiz quvvatlashni maxsus g‘iloflar orqali qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Galaxy S26 seriyasining rasmiy taqdimoti 25-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Galaxy Unpacked tadbirida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, savdolar 11-martdan boshlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 seriasining narxi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek