Dollar yangi haftani o‘sish bilan boshlaydi: 9-fevral uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

9-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 23,68 so‘mga oshib, 12 303,16 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
2-fevral kuni dollar 26,06 so‘mga oshib, 12 225,16 so‘mga yetgandi. 3-fevral kuni 17,01 so‘mga oshib, 12 242,17 so‘mni, 4-fevral kuni 16,21 so‘mga oshib, 12 258, 38 so‘mni, 5-fevral kuni 7,39 so‘mga oshib, 12 265,77 so‘mni tashkil qildi. 8-fevral kuni dollarning qiymati 13,71 so‘mga oshib, 12 279,48 so‘mga yetdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 0,32 so‘mga pasayib, 14 507,89 so‘mni, rubl 0,51 so‘mga oshib, 159,76 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.